Mehnatga bola qancha erta o`rgansa shuncha yaxshi!
Maktabda 1445 nafar o`quvchi ta’lim-tarbiya olib, ta’tilda ularning 90 foizi sport va boshqa to`garaklarga biriktirilgan. Yozgi ta’tilda ham Dashtobod shahridagi 50-maktab quchog`i o`quvchilar bilan gavjum. “Yoz - 2009″ni mazmunli va maroqli o`tkazish maqsadida maktab qoshida 9 ta sport va turli to`garaklar muntazam faoliyat ko`rsatmoqda.


